Mualliflarga

“Irrigatsiya va Melioratsiya” ilmiy-texnik jurnali O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan 2015 yil 4 martda ro‘yxatdan o‘tkazilgan (guvoxnoma №0845).

Jurnal muassisi: O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.

Xalqaro standart seriya raqami - ISSN 2181-8584

“Irrigatsiya va Melioratsiya” ilmiy-texnik jurnali O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Prezidiumining 2015 yil 22 dekabrdagi №219/5 sonli qarori bilan 05.00.00-Texnika fanlari, 06.00.00-Qishloq xo‘jaligi fanlari, 08.00.00-Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha dissertatsiya natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan.

“Irrigatsiya va Melioratsiya” ilmiy-texnik jurnali bir yilda 4 marta har chorak yakunlari bilan chop etiladi.

Maqolalarini chop etuvchi mualliflardan maqolalar uchun to‘lovlar talab etilmaydi.

Etika me’yorlari va mualliflik huquqi

Tahririyatga taqdim etilgan materiallar ilgari boshqa nashrlarda chop etilgan yoki boshqa nashrlarda ko‘rib chiqilayotgan bo‘lmasligi kerak. SHuning uchun muallif tahririyatga ushbu shaklda nashr etish uchun taqdim etgan materialini barcha hammualliflar va ish bajarilgan tashkilot nomidan kafolatlanishi kerak. Nashrga qabul qilingan maqolani jurnal tahririyatining yozma roziligisiz ularni boshqa tillarga tarjima qilib takroran chop etmaslikni kafolatlashi kerak. SHuningdek, muallif jurnalning etika me’yorlari bilan tanishganligi, roziligi va keltirilgan barcha mas’uliyatlarni zimmasiga olganligini tasdiqlashi kerak.

“Irrigatsiya va Melioratsiya” ilmiy-texnik jurnali eLIBRARY.RU – Rossiya ilmiy iqtiboslik indeksi (RINS) bazasiga kiritilganligi va boshqa yirik nashriyotlar bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirayotganligi uchun maqolalar istisno tariqasiz jurnalning veb sahifasida ochiq e’lon qilinadi.

“Irrigatsiya va Melioratsiya” ilmiy-texnik jurnalida yoritiluvchi tematikalar:

- Irrigatsiya va melioratsiya;

- Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalari;

- Irrigatsiya va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash;

- Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash;

- Qishloq va suv xo‘jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish;

- Suv xo‘jaligi iqtisodi va er resurslaridan foydalanish;

- Suv xo‘jaligi sohasi uchun kadrlar tayyorlash;

- Irrigatsiya va melioratsiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar.

“Irrigatsiya va Melioratsiya” ilmiy-texnik jurnali umumiy sharhdan va axborot shaklidagi ilmiy maqolalarni nashr uchun qabul qilmaydi.

Tahririyatga taqdim etilayotgan qo‘lyozma bo‘yicha muallif ilmiy-tadqiqot ishi olib borayotgan tashkilot rahbariyatining yo‘llanma xati, maqolani chop etish mumkinligi xaqidagi ekspert xulosasi hamda taqriz bo‘lishi kerak.

Maqolaning yozilish tili, tuzilishi va tarkibi

Maqolalar o‘zbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi.

Maqola keng omma uchun tushunarli tilda, grammatika qoidalariga amal qilgan holda yozilgan bo‘lishi kerak.

Maqola o‘zida muayyan ilmiy tadqiqotning tugal echimlarini yoki uning bosqichlarini ifodalashi zarur.

Sarlavha maqolaning mazmuni to‘g‘risida axborot bera olishi, imkon qadar qisqa bo‘lishi va umumiy so‘zlardan iborat bo‘lib qolmasligi kerak.

Odatda ilmiy maqolada quyidagilar bo‘lishi kerak:

- universal o‘nlik tasnifi (UO‘T)

- maqolaning sarlavhasi (uch tilda);

- annotatsiya (uch tilda);

- tayanch so‘zlar (uch tilda);

- kirish, qaralayotgan muammoning hozirgi holatining tahlili va manbaalarga havolalar;

- masalaning qo‘yilishi;

- echish usuli (uslublari);

- natijalar tahlili va misollar;

- xulosa;

- foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati;

- muallif(lar) to‘g‘risida ma’lumot.

Maqolada odatda qabul qilingan atamalardan foydalanish, yangi atama kiritganda, albatta uni aniq asoslab berish kerak.

Fizik kattaliklarning o‘lchov birliklari Xalqaro o‘lchamlar tizimi (SI) ga mos bo‘lishi kerak.

Jurnalga ilgari e’lon qilinmagan maqolalar qabul qilinadi.

Maqolada muallif o‘zining ishlariga havolalar soni haddan ziyod oshirib yubormasligi, ko‘pi bilan 20–25 foizgacha bo‘lishi tavsiya etiladi. Agar o‘z ishiga havolalar soni ko‘payib ketsa, bu holatni asoslab berishi kerak.

Tahririyat ko‘chirmachilik (plagiat), o‘zgalarning ishlarini o‘zlashtirib olishga salbiy qaraydi. SHuning uchun mualliflardan ishga jiddiy munosabatda bo‘lishi va havola qilish qoidalariga bo‘ysunishi: kvadrat qavs ichida bibliografik havolani qo‘yishni yoddan chiqarmasligi so‘raladi.

Maqolaga qo‘yiladigan texnik talablar

Maqolaning sarlavhasi, muallif (lar) va u(lar)ning lavozimi, ilmiy darajasi va ish joyi, annotatsiya, tayanch so‘zlar (uch tilda) bir ustunda yoziladi. Maqolaning qolgan matnlari ikki ustunda yoziladi.

Maqola MS Word 2003–2010 matn muharririda yozilishi va quyidagi ko‘rsatkichlarga muvofiq qat’iy rasmiylashtirilishi kerak:

Quyidagilarga ruxsat etilmaydi:

Jadvallar MS Word dasturida yoziladi. Jadvalning tartib raqami va nomi jadvalning yuqorisida yoziladi. 3-ilovaga qarang.

Grafikli materiallar (rangli rasmlar, chizmalar, diagrammalar, fotosuratlar) o‘zida tadqiqotning umumlashtirilgan materiallarini ifodalashi kerak. Grafikli materiallar yuqori sifatli bo‘lishi kerak, agar zarurat tug‘ilsa, tahririyat ushbu materiallarni alohida faylda 300 dpi dan kam bo‘lmagan o‘lchamda jpg formatda taqdim etishni talab qilishi mumkin. Grafikli materialning nomi va tartib raqami pastki qismda keltirilishi zarur. 4-ilovaga qarang.

Formulalar va matematik belgilar MS Wordda o‘rnatilgan formatli muharrirda yoki MathType muharriri yordamida bajarilishi kerak. 2-ilovaga qarang.

Jadvallar, grafikli materiallar ko‘rsatilgan maydondan chiqib ketmasligi lozim.

Tayanch so‘zlar (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) – 5–10 ta so‘z va iboralardan iborat bo‘lishi kerak. Tayanch so‘zlar va iboralar bir-biridan vergul bilan ajratiladi. Keltirilgan tanyach so‘zlar tadqiqot mavzusini juda aniq aks ettirishi shart.

Annotatsiya (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) – annotatsiya hajmi 200–250 ta so‘zdan iborat bo‘lishi va maqolaning tuzilishini qisqacha ifodalovchi, axborot shaklida berilishi kerak. Annotatsiya boshqa tilga tarjima qilinganda ma’no va mazmun jihatidan asl matnga mos kelishi kerak. Bunda annotatsiyaning hajmi belgilangan so‘zlar sonidan oshib ketishi mumkin.

Kirish. Kirish qismida tadqiqotlarning dolzarbligi va ob’ekti tavsiflanadi. Dunyo olimlari tomonidan chop etilgan ilmiy maqolalarning tahlili keltiriladi. CHop etilgan adabiyot manbalarida qo‘yilgan ilmiy izlanishlarning echimi yo‘qligi tasdiqlangan holda muallifning ilmiy ishlari qaysi olimlarning ishiga asoslanganligi ko‘rsatiladi.

Adabiyotlar ro‘yxati 20 tadan kam bo‘lmagan manbalardan iborat bo‘lishi kerak, topilishi qiyin bo‘lgan va normativ hujjatlar, bundan tashqari internet manbalarida keltirilgan havolalar (davriy hujjatlar hisobga olinmaydi) bundan mustasno.

Adabiyotlar ro‘yxatiga darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari kiritish mumkin emas. Ko‘pchilik adabiyotlar ingliz tilida so‘zlovchi xalqaro kitobxonlar uchun ochiq va tushunarli bo‘lishi kerak.

Manbalarning ahamiyatliligiga qattiq talablar qo‘yiladi.

Masalaning qo‘yilishi. Mavzu bo‘yicha muammolarni echish uchun qanday rasmiy hujjatlarga muallif tayangan va qanday masalalarning echimi ko‘zda tutilgan.

Echish usuli (yoki uslublari). Bunda tanlangan usul batafsil tavsiflanadi. Keltirilgan yoki qo‘llanilgan uslub boshqa tadqiqotchilar uchun ham tushunishiga qulay bo‘lishi kerak.

Natijalar va namunalar. Natijalarni asosan jadvallar, grafiklar va boshqa suratlar ko‘rinishida keltirish tavsiya etiladi. Ushbu bo‘lim olingan natijalarni tahlil qilish, ularni sharhlash, boshqa mualliflarning natijalari bilan solishtirishni o‘z ichiga oladi. Natijalarda ilmiy-tadqiqotlar natijalari qisqacha umumlashtiriladi. Natijalar tadqiqotning ob’ekti parametrlari o‘rtasidagi munosabatlar mualliflar tomonidan belgilangan maqolaning asosiy ilmiy natijalarini umumlashtiruvchi, sonli xulosalarni o‘z ichiga oladi. Natijalar maqola boshida qo‘yilgan vazifalar bilan mantiqan bog‘langan bo‘lishi kerak.

- Tasdiqlash. Majburiy bo‘lmagan bo‘lim.

Xulosa. Ilmiy ishlarining qisqa natijalari keltiriladi, ularning ichida izlanishning usuli, yangi echimi, amaliyotda qo‘llanishning natijalari iqtisodiy va boshqa ko‘rsatkichlar bo‘lishi kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatini shakllantirish

Barcha manbalar maqolaning ichki qismida raqamlangan havola tarzida berilishi kerak. Matndagi havolalar kvadrat qavs ichida (masalan, T.Sultanov [7] , [9, 10] ) keltiriladi. Barcha manbalarga matnda xavolalar berilishi kerak, aks holda maqola qaytariladi. 1-ilovaga qarang.

Muallif (lar) haqida ma’lumot: familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi, ilmiy darajasi va ish joyi. Ushbu ma’lumotlar maqola taqdim etilgan o‘zbek/rus tilida ham, ingliz tilida ham keltirilishi hamda maqolaning oxirida – adabiyotlar ro‘yxatidan keyin joylashtirilishi kerak.

1–ilova

Foydalanilgan adabiyotlarning yozilish namunalari

Bibliografik tavsifning umumiy qoidalari davlat standarti tomonidan belgilanadi. Dissertatsiya uchun foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxatini rasmiylashtirishda har xil ko‘rinishdagi hujjatlar uchun quyidagi bibliografik tavsiflarning namunalari tavsiya qilinadi. Ro‘yxatda keltirilgan misollar joylashishi adabiyotlar ro‘yxatidagi materiallarni guruhlarga bo‘lish sxemasi uchun xizmat qilmaydi. Ro‘yxatning tuzilishi tartibi muallifning o‘zi tomonidan belgilanadi. Adabiyotlar ro‘yxatida materiallarni joylashtirishning alifbo, sistematik va matnda havola qilinishi ketma–ketligi tarzida keltirish keng tarqalgan usullardan hisoblanadi.

Nashr etilgan ishlar ro‘yxati avtoreferatda qat’iy standartga mos ravishda xronologik tartibda keltiriladi.

Bibliografik tavsiflarda quyidagi shartli ajratuvchi belgilar qo‘yiladi.

Ikki nuqta (:) – nashrning nomiga tegishli bo‘lgan har bir alohida ma’lumot oldidan qo‘yiladi.

Bir qiyshiq chizik (/) – sarlavhaga tegishli bo‘lmagan ma’lumotni ajratadi.

Ikki qiyshiq chizik (//) – nashrning tarkibiy qismiga berilgan tavsifidan so‘ng va nashr tavsifining oldidan qo‘yiladi.

Nuqta yoki tire (. –) – har bir analitik tavsif izohidan oldin qo‘yiladi.

1. Kitob va turkum nashrlari

1.1. Bir tomlik kitoblar, monografiyalar, darsliklar, maqolalar to‘plamlari

Adabiyotlar

Reference

а) bir muallifning:

1.

Абдушукуров А.А. Эҳтимоллар назарияси ва математик статистика. – Тошкент: Университет, 2010. – 169 б.

Abdushukurov A.A. Ekhtimollar nazariyasi va matematik statistika [Theory of Probability and Mathematical Statistics]. Tashkent, Universitet Publ., 2010. 169 p. (in Uzbek)

2.

Марчук Г.И. Методы вычислительной математики. – Новосибирск: Наука, 1983. – 196 с.

Marchuk G.I. Metody vychislitelʻnoy matematiki [Methods of Numerical Mathematics]. Novosibirsk, Nauka Publ., 1983. 196 p.

3.

Crombie W. Process and Relation in Discourse and Language Teaching. – Oxford: Oxford University Press, 1985. – 156 p.

Crombie W. Process and Relation in Discourse and Language Teaching. Oxford: Oxford University Press, 1985. 156 p.

b) butun manbaga havola:

1.

Годунов С.К., Рябенький B.C. Разностные схемы (введение в теорию)/ Учеб. пособие для ВУЗов. – М.: Наука, 1992. – 399 с.

Godunov S.K., Ryabenʻkiy V.S. Raznostnye skhemy (vvedenie v teoriyu) [Theory of Difference Schemes: An Introduction]. Moscow, Nauka Publ., 1992. 399 p.

2.

Dym C.L., Ivey E.S. Principles of Mathematical Modeling. – N.Y.: Academic Press, 1980. – 256 p.

Dym C.L., Ivey E.S. Principles of Mathematical Modeling. N.Y.: Academic Press, 1980. 256 p.

v) ikki muallifning:

1.

Ўлмасов А., Вахобов А.В. Иқтисодиёт назарияси/ Дарслик. – Тошкент: “Шарқ” нашриёт-матбаа акциядорлик компанияси Бош таҳририяти, 2006. – 480 б.

Ulmasov A., Vakhabov A.V. Iktisodiyot nazariyasi [Theory of Economics]. Tashkent, Shark Publ., 2006. 480 p. (in Uzbek)

2.

Годунов С.К., Рябенький B.C. Введение в теорию разностных схем. – М.: Физматгиз, 1982. – 168 с.

Godunov S.K., Ryabenʻkiy V.S. Vvedenie v teoriyu raznostnykh skhem [Theory of Difference Schemes: An Introduction]. Moscow, Fizmatgiz Publ., 1982. 168 p. (in Russian)

3.

Jacoby S.L., Kowalik J.S. Mathematical Modelling with Computers. – Englewood Cliffs, N.J.: Prentice Hall, Inc., 1980. – 292 p.

Jacoby S.L., Kowalik J.S. Mathematical Modelling with Computers. Englewood Cliffs, N.J.: Prentice Hall, Inc., 1980. 292 p.

g) uch muallifning:

1.

Мавлонова Р., Тўраева О., Ҳоликбердиев К. Педагогика. – Тошкент: Ўқитувчи, 2002. – 318 б.

Mavlonova R., Turaeva O., Kholikberdiev K. Pedagogika [Pedagogy]. Tashkent, Ukituvchi Publ., 2002. 318 p.

2.

Кошляков Н.С., Глинер Э.Б., Смирнов М.М. Дифференциальные уравнения математической физики. – М.: Физматгиз, 1962. – 67 с.

Koshlyakov N.S., Gliner E.B., Smirnov M.M. Differentsialʻnye uravneniya matematicheskoy fiziki [Differential equations of mathematical physics]. Moscow, Fizmatgiz Publ., 1962. 67 p.

d) to'rt muallifning:

1.

Ходиев Б.Ю., Бекмурадов А.Ш., Ғафуров У.В., Тухлиев Б.К. Ўзбекистон Республикаси Президенти Ислом Каримовнинг “Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг йўллари ва чоралари” номли асарини ўрганиш бўйича ўқув қўлланма. – Тошкент: ТДИУ, 2009. – 120 б.

Khodiev B.Yu., Bekmuradov A.Sh., Gafurov U.V., Tukhliev B.K. Uzbekistan Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “Zhakhon moliyaviy-iktisodiy inkirozi, Uzbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yullari va choralari” [The book by the President of Uzbekistan, Islam Karimov, entitled The global financial-economic crisis, ways and measures to overcome it in the conditions of Uzbekistan]. Tashkent, TDIU Publ., 2009. 120 p.

2.

Мещерская А.В., Руховец Л.B., Юдин М.И., Яковлева Н.И. Естественные составляющие метеорологических полей. – Л.: Гидрометеоиздат, 1970.– 199 с.

Meshcherskaya A.B., Rukhovets L.V., Yudin M.I., Yakovleva N.I. Yestestvennye sostavlyayushchie meteorologicheskikh poley [The natural components of meteorological fields]. L.: Gidrometeoizdat Publ., 1970. 199 p.

e) mualliflar jamoasi uchun

1.

Одилқориев Х.Т., Очилов Б.Э., Рахмонов А.Р., Хакимов Р.Т., Тансыкбаева Г.М., Николаус П.,Умарахунов И.М., Бакаева Ф.Х., Рахимова М.А., Султонов Ж.К., Юлдашева Г., Мухамеджанов О.З. Халқаро ҳуқуқ/ Дарслик. – Х.Т.Одилқориев таҳрири остида. – Тошкент: “Зарқалам", ТДЮИ, 2003. – 552 б.

Odilkoriev Kh.T., Ochilov B.E., Rakhmonov A.R., Khakimov R.T., Tansykbaeva G.M., Nikolaus P., Umarakhunov I.M., Bakaeva F.Kh., Rakhimova M.A., Sultonov Zh.K., Yuldasheva G., Mukhamedzhanov O.Zh. Khalkaro khukuk [International law]. Tashkent, Zharkalam Publ., TDYuI, 2003. 552 p.

2.

Коротеев А.М., Беляев Т.А., Глушков P.M., Зубков С.М., Иванов И.А., Петров Ю.А., Тухманова С.А., Саркисян Р.И., Соловьёв М.И., Шокин Ю.А. Планирование, организация и управление транспортным строительством/ Под ред. А.М.Коротеева. – М.: Транспорт, 1989. – 286 с.

Koroteev A.M., Belyaev T.A., Glushkov R.M., Zubkov S.M., Ivanov I.A., Petrov Yu.A., Tukhmanova S.A., Sarkisyan R.I., Solovʻev M.I., Shokin Yu.A. Planirovanie, organizatsiya i upravlenie transportnym stroitelʻstvom [Planning, organization and management of transport construction]. Moscow, Transport Publ., 1989. 286 p.

j) davriy to'plamlar:

1.

Худойбердиев И.С. Суюқ аралашма ҳаракатини гидродинамик модели/ Кибернетика ва моделлаштириш масалалари: Илмий мақолалар тўплами – Тошкент: ЎзР ФА Кибернетика институти, 2000. – № 120. – Б. 17-21.

Khudoyberdiev I.S. Kibernetika va modellashtirish masalalari. Ilmiy makolalar tuplami. Suyuk aralashma kharakatini gidrodinamik modeli [Hydrodynamic Model of Liquid Compound Movement / Cybernetics and Modeling:]. Tashkent, UzR FA Kibernetika instituti, 2000. no.120. pp. 17-21. (in Uzbek)

2.

Ахмедова А.Х. Моделирование потребности в кадрах высшей квалификации с использованием современных информационных технологий/ Вопросы кибернетики: Сб. науч. тр. – Ташкент: ИК АН РУз, 2004. – вып. 170. – С. 35-39.

Akhmedova A.Kh. Voprosy kibernetiki. Sb. nauch. tr. Modelirovanie potrebnosti v kadrakh vysshey kvalifikatsii s ispolʻzovaniem sovremennyx informatsionnykh tekhnologiy [Modeling the need for highly qualified personnel using modern information technologies / Questions of cybernetics:]. Tashkent, IK AN RUz, 2004. no.170. pp. 35-39. (in Russian)

1.2. Ko'p tomlik kitoblar:

Adabiyotlar

Reference

а) butun manbaga havola:

1.

Ҳошимов К., Очил С. Ўзбек педагогикаси антологияси. 2 томлик. – Тошкент: Ўқитувчи, 1996. – 460 б.

Khoshimov K., Ochil S. Uzbek pedagogikasi antologiyasi [Anthology of Uzbek pedagogy]. Vol.2. Tashkent, Ukituvchi Publ., 1996. 460 p.

2.

Флетчер К. Вычислительные методы в динамике жидкостей. В 2-х т. – М.: Мир, 1991. – 504 с.

Fletcher K. Vychislitelʻnye metody v dinamike zhidkostey [Computational Techniques for Fluid Dynamics]. Vol.2. Moscow, Mir Publ., 1991. 504 p.

b) alohida tomning tavsifi:

1.

Алишер Навоий. Маҳбуб ул–қулуб. Асарлар. Ўн беш томлик. – Тошкент: Адабиёт ва санъат, 1996. – 13-том. – Б. 84-98.

Alisher Navoiy. Makhbub ul-kulub [Makhbub ul-kulub]. Asarlar. Vol.15. Tashkent, Adabiyot va sanʻat, 1996. no.13. рp. 84-98.

2.

Седов Л.И. Механика сплошной среды. В 2–х т. – М.: Наука, 1983.– Т.1.– С. 114-125.

Sedov L.I. Mekhanika sploshnoy sredy [Continuum mechanics]. Vol.2. Moscow, Nauka Publ., 1983. no.1. рp. 114-125.

2. Dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferati 

Adabiyotlar

Reference

1.

Арзиқулова Д.Н. Касбий камолотнинг психологик ўзига хос хусусиятлари: Псих. фан. ном. ... дис. автореф. – Тошкент: ТДПУ, 2002.–22 б.

Arzikulova D.N. Kasbiy kamolotning psikhologik uziga khos khususiyatlari. Psikh. fan. nom. … diss. avtoref. [Psychological peculiarities of professional development: psychology. subject, title. dissertation, abstract.]. Tashkent, TDPU, 2002. 22 p.

2.

Кузнецов Ю.И. Построение информативного базиса в задачах общей циркуляции атмосферы: Дис. ... канд. физ. – мат. наук. – Новосибирск: ВЦ СО РАН, 1997. – 134 с.

Kuznetsov Yu.I. Postroenie informativnogo bazisa v zadachakh obshchey tsirkulyatsii atmosfery. Diss. … kand. fiz. – mat. nauk. [Construction of an informative basis in problems of general circulation of the atmosphere: Dissertation, candidate, physics – mathematics, science.].
Novosibirsk, VTs SO RAN, 1997. 134 p.

3.

Фролов В.В. Теоретические проблемы правового регулирования специальных экономических зон: Автореф. дис. ... канд. юрид. наук. – М.: МГУ. 1997. – 22 с.

Frolov V.V. Teoreticheskie problemy pravovogo regulirovaniya spetsialʻnykh ekonomicheskikh zon. Avtoref. diss. …kand. yurid. nauk. [Theoretical problems of legal regulation of special economic zones.]. Moscow, MGU, 1997. 22 p.

3. Jurnallardagi maqolalarga havolalar

Adabiyotlar

Reference

1.

Қурбонов Ш., Сейтхалилов Э. Жамият тараққиётида таълим// Халқ таълими. – Тошкент, 2003. – № 6. – Б. 4-38.

Kurbonov Sh., Seytkhalilov E. Zhamiyat tarakkiyotida taʻlim [Education in the development of society]. Khalk taʻlimi. Tashkent, 2003. no.6. pp. 4-38. (in Uzbek)

2.

Мухамедов А. Ўзбек компьютер лингвистикаси: ривожланиш тарихи, бугуни ва келажаги// Ўзбек тили ва адабиёти. – Тошкент, 2001. – № 3. – Б. 37-41.

Mukhamedov A. Uzbek kompʻyuter lingvistikasi: rivozhlanish tarikhi, buguni va kelazhagi [Uzbek Computer Linguistics: Past, Present and Future Perspectives]. Uzbek tili va adabiyoti. Tashkent, 2001. no.3. pp.37-41. (in Uzbek)

3.

Бахвалов Н.С. К оптимизации методов решения краевых задач при наличии пограничного слоя// Журнал вычисл. матем. и матем. физики – Москва. 1969. – № 4 (9). – С. 841-859.

Bakhvalov N.S. K optimizatsii metodov resheniya kraevyx zadach pri nalichii pogranichnogo sloya [On the optimization of the methods for solving boundary value problems in the presence of a boundary layer]. Zhurnal vychisl. matem. i matem. fiziki. Moscow, 1969. no.4(9). pp. 841-859. (in Russian)

4.

Ахмедов А.И. Роль коммерческих банков в развитии экономики Узбекистана// Экономический вестник Узбекистана. – Ташкент, 2005. – № 5. – С. 20-22.

Akhmedov A.I. Rolʻ kommercheskikh bankov v razvitii ekonomiki Uzbekistana [Role of Commercial Banks in the Economic Development of Uzbekistan]. Ekonomicheskiy vestnik Uzbekistana. Tashkent, 2005. no.5. pp. 20-22. (in Russian)

5.

Рахимова Ф.С. Использование подвижных игр при обучении узбекскому языку младших школьников// Преподование языка и литературы. – Ташкент, 2004. – № 2. – С. 41-43.

Rakhimova F.S. Ispolʻzovanie podvijnykh igr pri obuchenii uzbekskomu yazyku mladshikh shkolʻnikov [The use of outdoor games in teaching the Uzbek language of junior schoolchildren]. Prepodovanie yazyka i literatury. Tashkent, 2004. no.2. pp. 41-43. (in Russian)

6.

Курбаткин Г.П., Зулунов С.М., Фролов А.В., Покудов А.В. Нелинейное согласование полей ветра и давления при численном прогнозе погоды по полным уравнениям// Метеорология и гидрология. – Москва, 1988.– № 12.– С. 5-13.

Kurbatkin G.P., Zulunov S.M., Frolov A.B., Pokudov A.B. Nelineynoe soglasovanie poley vetra i davleniya pri chislennom prognoze pogody po polnym uravneniyam [Nonlinear matching of wind and pressure fields in the numerical weather prediction by the complete equations/ Meteorology and hydrology]. Meteorologiya i gidrologiya. Moscow, 1988. no.12. pp. 5-13. (in Russian)

7.

Daley R. Variational nonlinear normal "mode initialisation// Tellus. – Stockholm (Sweden), 1978. – vol. 30, N 3. – pp. 201-218.

Daley R. Variational nonlinear normal "mode initialization. Tellus. Stockholm (Sweden), 1978. vol.30, N 3. pp. 201-218.

8.

Rakhmatullaev M. Advanced information Library infrastructure: As an Important Social Tool for the Prevention of Crisis Situations in Central Asia// Library Hi Tech News. – MCB University Press, England, 2002.– vol. 19, N 9. – pp. 12-14.

Rakhmatullaev M. Advanced information Library infrastructure: As an Important Social Tool for the Prevention of Crisis Situations in Central Asia. Library Hi Tech News. MCB University Press, England, 2002. vol.19, N 9. pp. 12-14.

4. Ilmiy ishlar to'plamlariga havolalar

4.1. butun manbaga havola:

Adabiyotlar

Reference

1.

Мустақиллик шароитида оила ва шахс камолоти: Низомий номидаги ТПДУ Илмий ишлар тўп. – Тошкент, 1997. – 73 б.

Mustakillik sharoitida oila va shakhs kamoloti. Nizomiy nomidagi TDPU Ilmiy ishlar tup. [Independence of the family and personality in the conditions of maturity: Tashkent State Pedagogical University named after Nizami, Collection of scientific works.]. Tashkent, 1997. pp. 73.

2.

Интеллектуальное общение с ЭВМ: Сб. науч. тр. ТашГУ. – Ташкент, 1986. – 270 с.

Intellektualʻnoe obshchenie s EVM. Sb. nauch. tr. TashGU [Intellectual communication with the computer]. Tashkent, 1986. 270 p.

4.2. maqolaga havola:

Аdabiyotlar

Reference

1.

Рустамов Ш. Кузги буғдой бегона ўтлари ва уларни йўқотиш омиллари/ Аграр фани: ютуқлари ва истиқболлари// СамҚХИ илмий ишлар тўплами. – Самарқанд, 2001. – Б. 27-30.

Rustamov Sh. Kuzgi bugdoy begona utlari va ularni yukotish omillari. Agrar fani: yutuklari va istikbollari. SamKKhI ilmiy ishlar tuplami [Wheat weeds and their loss factors / Agrarian science: achievements and prospects. Samarkand Agricultural Institute, Collection of scientific works]. Samarkand, 2001. pp. 27-30.

2.

Иванова Г.С. Изменения в системе свёртывания крови у больных злокачественными опухолями// Сб. науч. трудов Института биологии АН РК,– Алматы, 1980.– С. 214-217.

Ivanova G.S. Izmeneniya v sisteme svyortyvaniya krovi u bolʻnyx zlokachestvennymi opukholyami. Sb. nauch. trudov Instituta biologii AN RK [Changes in the blood coagulation system in patients with malignant tumors]. Almaty, 1980. pp. 214-217.

3.

Миякода К. Введение в численный прогноз погоды (конечно-разностные методы)// В кн.: Численные методы решения задач динамики атмосферы и океана. – Л.: Гидрометеоиздат, 1968. – С. 7-120.

Miyakoda K. Vvedenie v chislennyy prognoz pogody (konechno-raznostnye metody). V kn. Chislennye metody resheniya zadach dinamiki atmosfery i okeana [Introduction to numerical weather forecast (finite-difference methods): Numerical methods for solving atmospheric and ocean dynamics problems]. L.: Gidrometeoiz, 1968. pp. 7-120.

4.

Fox L. Accuracy and precision of methods. In: Numerical Solution of Ordinary and Partial Differential Equation. Oxford: Pergamon Press, 1967. pp. 106-111.

Fox L. Accuracy and precision of methods// In: Numerical Solution of Ordinary and Partial Differential Equation. – Oxford: Pergamon Press, 1967. – pp. 106-111.

5. Simpozium va konferensiya ishlariga havolalar

Adabiyotlar

Reference

1.

Рахманова Н.Ш. Ревматоид артритли беморларни даволашда паст частотали ультратовушнинг самарадорлиги// Ревматологиянинг долзарб муаммолари: Республика илмий–амалий конференция материаллари. – Тошкент: ТТА, 2004. – Б. 26-30.

Rakhmanova N.Sh. Revmatoid artritli bemorlarni davolashda past chastotali ulʻtratovushning samaradorligi. Revmatologiyaning dolzarb muammolari. Respublika ilmiy-amaliy konferentsiya materiallari [Low-frequency ultrasonic efficiency in the treatment of patients with rheumatoid arthritis/ Actual problems of rheumatology: Materials of the republican scientific-practical conference]. Tashkent, TTA, 2004. pp. 26-30.

2.

Петров С.М. Влияние конечной скорости распространения поперечной волны на динамическое поведение высокого сооружения// IV Российская конф. по сеймостойкому строительству: Тез. докл. – М., 2001.– С. 55.

Petrov S.M. Vliyanie konechnoy skorosti rasprostraneniya poperechnoy volny na dinamicheskoe povedenie vysokogo soorujeniya. IV Rossiyskaya konf. po seysmostoykomu stroitelʻstvu: Tez. dokl. [Influence of the finite velocity of propagation of a shear wave on the dynamic behavior of a high structure. IV Russian conference on seismic construction]. – Moscow, 2001. 55 p.

3.

Иванов П.К. Алгоритм исследования колебаний осесимметричных сооружений с динамическими гасителями// Перспективные информационные технологии: Тез. докл. Респ. науч. конф. 21–22 мая 2002. – Ташкент, 2002. – С. 132-133.

Ivanov P.K. Algoritm issledovaniya kolebaniy osesimmetrichnyx soorujeniy s dinamicheskimi gasitelyami [Algorithm for the study of oscillations of axisymmetric structures with dynamic absorbers // Perspective information technologies]. Perspektivnye informatsionnye tekhnologii: Tez. dokl. Resp. nauch. konf. 21-22 may 2002. Tashkent, pp. 132-133.

4.

Хохлов Ю.Е. О сетевой интеграции информационных ресурсов ведущих библиотек России// Телематика 96: Материалы Всероссийской научно–методической конференции. – Санкт–Петербург: Республиканский научный центр компьютерных телекоммуникационных сетей высшей школы, 1996. – С. 26-30.

Khokhlov Yu.E. O setevoy integratsii informatsionnyx resursov vedushchikh bibliotek Rossii [Network Integration of Russia's Leading Libraries Information Resources]. Telematika 96: Materialy Vserossiyskoy nauchno-metodicheskoy konferentsii. Sankt-Peterburg: Respublikanskiy nauchnyy tsentr kompʻyuternykh telekommunikatsionnykh setey vysshey shkoly, 1996. pp.26-30.

5.

Kadirov Amir A. Planning of N machines maintenance (N units of technological equipment// Proceedings Fourth World Conference on Intelligent Systems for Industrial Automation, WCIS–2006. – Tashkent, 2006.–pp. 177-178.

Kadirov Amir A. Planning of N machines maintenance (N units of technological equipment. Proceedings Fourth World Conference on Intelligent Systems for Industrial Automation, WCIS–2006. Tashkent, 2006. pp. 177-178.

6.

Aknine S. Algorithm for the optimal winner determination in combined negotiations// European Conference on Artifical Intelligence. – Valencia (Spain), 2004. – pp. 449-450.

Aknine S. Algorithm for the optimal winner determination in combined negotiations. European Conference on Artifical Intelligence. Valencia (Spain), 2004. pp. 449-450.

6. Deponentlangan ilmiy ishlarga havolalar

Adabiyotlar

Reference

1.

Соатов У.А. Необходимое и достаточное условие существования решения частично интегрального уравнения с вырожденными ядрами. – Ташкент, 1997. – 29 с. – Деп. в ГФНТИ ГКНТ РУз 01.10.97, № 2677-97.

Soatov U.A. Neobkhodimoe i dostatochnoe uslovie sushchestvovaniya resheniya chasrichno integralʻnogo uravneniya s vyrojdennymi yadrami [A necessary and sufficient condition for the existence of a solution of a partially integral equation with degenerate kernels]. Tashkent, 1997. 29 p. Dep. v GFNTI GKNT RUz 01.10.97, № 2677-97.

2.

Панов В.Ф. Модели частиц в сильной гравитации //Ред. журн. “Изв. вузов. Физика”. – Томск, 1982. – 7 с. – Деп. в ВИНИТИ 27.05.82, №2641.

Panov V.F. Modeli chastits v silʻnoy gravitatsii [Model of particles in strong gravitation]. Red. jurn. “Izv. vuzov. Fizika”. Tomsk, 1982. 7 s. Dep. v VINITI 27.05.82, №2641.

7. Mualliflik guvohnomalari va patentlarga havolalar

Адабиётлар

Reference

1.

Патент РУз №2544. Хлопкоуборочный аппарат с пальцевым механизмом / Усмонов А.И., Турапов Р.У. // Расмий ахборотнома. – 1998. – №2.

Patent RUz №2544. Xlopkouborochnyy apparat s palʻtsevym mekhanizmom [Cotton picking machine with finger mechanism]. Usmonov A.I., Turapov R.U. Rasmiy axborotnoma. 1998. no.2.

2.

А.С. 1543423. Хлопкоуборочный аппарат/ Усмонов А.И., Турапов Р.У. // Б.И. - 1993. - №27.

A.S. 1543423. Xlopkouborochnyy apparat [Cotton picking machine]. Usmonov A.I., Turapov R.U. B.I. 1993. no.27.

3.

Мирахмедов А. Программа прогнозирования потребности в кадрах высшей квалификации// Государственное патентное ведомство РУз. Свиде­тельство № DGU 00781. 28.12.2005 г.

Mirakhmedov A. Programma prognozirovaniya potrebnosti v kadrakh vysshey kvalifikatsii [Program for forecasting the demand for highly qualified personnel]. Gosudarstvennoe patentnoe vedomostvo RUz. Svidetelʻstvo № DGU 00781. 28.12.2015

2–ilova

Formula yozish namunasi

3–ilova

Jadvalni joylashtirish namunasi

4–ilova

Rasmlarni rasmiylashtirish namunasi

1-rasm. Bosimning suv sarfiga bog'liq ravishda o'zgarishi grafigi

2-rasm. Sug'oriladigan yerlarning kontinentlar bo'yicha taqsimlanishi, mln ga

 

Quyidagi qismlarni yozishda:

- etika mе'yorlari va mualliflik huquqi;

- maqolaning yozilish tili, tuzilishi va tartibi;

- maqolaga qo’yiladigan tеxnik talablar;

- foydalaniladigan adabiyotlar ro’yxatini shakllantirish va boshqalar.

normativ hujjatlar, MDH jurnallari, yеtakchi institutlarning mеtodik ishlanmalaridan foydalanildi, ularning ichida:

- injеnеrno – stroitеl’niy jurnal. Rossiya 2017;

- fan doktori ilmiy darajasini olish uchun bеlgilangan asosiy mеzonlar. O’zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Attеstatsiya Komissiyasi. Toshkеnt 2017.